以下は曲の歌詞です Atirgulim 、アーティスト - Улугбек Рахматуллаев 翻訳付き
原文と翻訳
Улугбек Рахматуллаев
Kelib-ketar bahor senga, bevafo yor,
Bevafodan men ham sendek vafoga zor.
O`sha yorga seni berib, men gunohkor,
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim.
Qani uni ko`rmasaydim, kuymasaydim,
Senga qo`shib yuragimni bermasaydim.
Hijron nomli tikanlarni termasaydim,
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim.
Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgim kabi bevafoning qo`llarida xazon gulim.
Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgi bergan azoblarga yo`q ekan bir darmon gulim.
Baxtin topsin mayli o`sha vafosi kam,
O`zing bo`lgin endi mening aziz erkam.
Tikanlaring o`sha yordan yaxshi ekan,
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim.
Kim tomonga burdi u yor yo`llarini?
Bilolmadim, anglolmadim dillarini.
Bezatarsan endi kimning qo`llarini?
Atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Bu dunyoning ishlariga hayron gulim.
Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgim kabi bevafoning qo`llarida xazon gulim.
Atirgulim, atirgulim, alvon gulim, armon gulim,
Sevgi bergan azoblarga yo`q ekan bir darmon gulim.
様々な言語の楽曲
あらゆる言語への高品質な翻訳
必要なテキストを数秒で見つけます