以下は曲の歌詞です Ota duosi 、アーティスト - Шахриёр 翻訳付き
原文と翻訳
Шахриёр
Barakasini Xudo berarkan
Hazrat-u pir nazar solganni.
Ishi doim o`ngidan kelar-ey
Otasidan duo olganni
Barakasini Xudo berarkan
Hazrat-u pir nazar solganni.
Ishi doim o`ngidan kelar-ey
Otasidan duo olganni
Har dam kulib turar ko`zlari,
Qirdek kesgir aytar so`zlari,
Bo`ston bo`lar bosgan izlari-yey
Otasidan duo olganni.
Yo`qlasangiz, yo`lingiz bo`lar,
Chorlasangiz, ko`nglingiz to`lar,
Tushlariga payg`ambar kirar-ey
Otasidan duo olganni.
Topganlari to`yga buyurar,
Ezgulikning boshida turar,
G`animlari kulfatda yurar-ey
Otasidan duo olganni.
Yo`qlasangiz, yo`lingiz bo`lar,
Chorlasangiz, ko`nglingiz to`lar,
Tushlariga payg`ambar kirar-ey
Otasidan duo olganni.
Barakasini Xudo berarkan
Hazrat-u pir nazar solganni.
Ishi doim o`ngidan kelar-ey
Otasidan duo olganni,
Onasini rozi qilganni.
様々な言語の楽曲
あらゆる言語への高品質な翻訳
必要なテキストを数秒で見つけます