以下は曲の歌詞です Onam qariganin sezmay qolibman 、アーティスト - Сардор Мамадалиев 翻訳付き
原文と翻訳
Сардор Мамадалиев
Yillar sochlariga to’ldiribdi oq,
Bugun ajinlariga nazar solibman.
Bolamning bo’yiga termulib, ey voh,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Yillar sochlariga to’ldiribdi oq,
Bugun ajinlariga nazar solibman.
Bolamning bo’yiga termulib, ey voh,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Qachon men onamning qadriga yetdim?
Bevafo do’st-yorga jon fido qildim.
Bugun ich-ichimdan ezilib ketdim-ey,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Bugun ich-ichimdan ezilib ketdim-ey,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Dunyoda “dunyo”, deb yugurib yeldim,
“Bormisan, sog’indim, kel”, desa keldim.
Duoga qaltirab qo’l ochgach bildim-ey,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Duoga qaltirab qo’l ochgach bildim-ey,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Yurakdan quchdim-u, yuragim pora,
Meni deb o’zidan kechgan bechora.
O’zim bilan o’zim bo’ldim ovora,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Yerdagi Farishtam, ko’kdagi Oyim,
Boshlandi dilimda Qiyomat qoyim.
Bandangni g’aflatdan qutqar, Xudoyim-ey,
Onam qariganin sezmay qolibman.
Bandangni g’aflatdan qutqar, Xudoyim,
Onam qariganin sezmay qolibman.
様々な言語の楽曲
あらゆる言語への高品質な翻訳
必要なテキストを数秒で見つけます