以下は曲の歌詞です Izlamading 、アーティスト - Манзура 翻訳付き
原文と翻訳
Манзура
Afsuski dil bechora, bechora,
Chekar ozor, nachora, nachora.
Ko’zlar hamon ovora, ovora,
Yo’llaringga qarab intizora.
Sensizlikka yurak hech ko’nmaydi,
Mendan faqat o’zingni so’raydi.
Unga sendan o’zgasi sig’maydi,
Afsus, ko’ngling bularni sezmaydi.
Izlamading, izlamading yor bir bora,
Yo’qlamading, yo’qlamading yor nachora.
So’z demading, indamading yor,
Bechora dil, dil umidvor…
Bo’ldik nahot begona, begona?
O’ylardim: ishqingda man yagona.
Yo’qlab kelmay bir bora, bir bora,
Izlamading, men intizora.
Meni sen ham qaniydi sevsayding,
Dardlarimga davolar bo’lsayding,
Og’ir damda yonimda tursayding,
Yuragim dardini his etsayding.
Izlamading, izlamading yor bir bora,
Yo’qlamading, yo’qlamading yor nachora.
So’z demading, indamading yor,
Bechora dil, dil umidvor…
様々な言語の楽曲
あらゆる言語への高品質な翻訳
必要なテキストを数秒で見つけます